» » Qashqadaryoda Сobalt haydovchisi velosiped boshqarib ketayotgan ayolni urib yubordi. Ayol voqea joyida vafot etdi

Qashqadaryoda Сobalt haydovchisi velosiped boshqarib ketayotgan ayolni urib yubordi. Ayol voqea joyida vafot etdi


Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida Сobalt haydovchisi velosiped boshqarib ketayotgan 30 yoshli ayolni urib yubordi. Tan jarohati olgan ayol voqea joyida vafot etdi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea Qarshi shahridagi Amir Temur ko‘prigi ustida sodir bo‘lgan.

Joriy yilning 8-iyul kuni ertalab soat 7:30 da Koson tumani Po‘lati qishlog‘ida yashovchi fuqaro boshqaruvida bo‘lgan Cobalt Qarshi shahrining Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab Koson—Qarshi yo‘nalishida harakatlanib kelib, Amir Temur ko‘prigi ustida yo‘lni kesib o‘tayotgan 30 yoshli pelosiped haydovchisini urib yuborgan.

Velosipedda yo‘lning piyodalarga mo‘ljallanmagan qismidan o‘tishga uringan 30 yoshli ayol — M.S. olgan tan jarohati oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoroda mast holda velosiped boshqargan otaxon YTH qurboniga aylangandi. Samarqandda esa naushnik taqib olgan velosipedchi Captiva urib yuborishi oqibatida hayotdan ko‘z yumdi. Farg‘ona viloyatida bir kunda ikki velosipedchi YTH qurboni bo‘lgani xabar qilindi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-07-2020, 07:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют