» » Bo‘stonliqdagi davlat tashkilotlariga tegishli sanatoriylar xususiylashtirilishi mumkin

Bo‘stonliqdagi davlat tashkilotlariga tegishli sanatoriylar xususiylashtirilishi mumkin


O‘zbekiston Prezidentining “Yer resurslari va davlat mulki obyektlaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Farmonga muvofiq, 2020-yil 1-noyabrdan boshlab Soliq kodeksi bilan berilgan quyidagi imtiyozlar bekor qilinadi.

Yer solig‘i bo‘yicha quyidagilar tomonidan egallangan yer uchastkalari:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda xalq deputatlari viloyatlar Kengashlariga turistik zonalarda alohida sanatoriy-kurort obyektlari egallagan yerlar uchun mol-mulk va yer solig‘ining kamaytirilgan stavkalarini qo‘llash yoki ushbu soliqlarni to‘lashdan ozod qilish vakolati berildi.

2020-yil 1-sentabrga qadar Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan budjet tashkilotlari va davlat korxonalari, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan idoraviy dam olish uylari, pansionatlar, sanatoriylar va boshqa obyektlarni (bolalar dam olish oromgohidan tashqari) xususiy sektorga sotish bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqiladi.

Shuningdek, 2021-yil uchun davlat budjeti loyihasini tayyorlashda respublikaning turistik zonalaridagi alohida yer uchastkalari, shu jumladan jismoniy shaxslar foydalanishida bo‘lgan 1 gektardan ortiq yer uchastkalari uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yer solig‘ining 3 baravarigacha oshirilgan stavkasini belgilash ko‘zda tutiladi.

Avvalroq Bo‘stonliq tumanidagi noqonuniy qurilgan “dacha”larning buzilishi ortidan yuzaga kelgan noroziliklar sababli mazkur hududga press-tur tashkil qilgandi va holatga izoh berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-07-2020, 07:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют