» » Aleksandr Lukashenkoning shaxsiy mashinasi va ko‘chmas mulki yo‘qligi ma’lum qilindi

Aleksandr Lukashenkoning shaxsiy mashinasi va ko‘chmas mulki yo‘qligi ma’lum qilindi


Belarus Markaziy saylov komissiyasi mamlakat prezidentligiga nomzodlarning daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyalarni e’lon qildi. Amaldagi davlat rahbari Aleksandr Lukashenkoning ko‘chmas mulki va avtomobillari mavjud emasligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Lukashenkoning deklaratsiyasiga ko‘ra, u 2019-yilda ish haqi sifatida 117 ming Belarus rublidan (48 ming dollar) ko‘proq daromad olgan. Deklaratsiyaning “ko‘chmas mulk (yashash uylari, yer uchastkalari, kvartiralar, garajlar va boshqa binolar, qurilmalar) qatoriga hamda “boshqa mulklar” qatoriga “yo‘q” belgisi qo‘yilgan.

Mavzuga doir: Minsk Lukashenkoning o‘g‘lini “hisobida” qancha pul borligini aniqlash uchun Shveysariyaga rasmiy so‘rov yubordi

Bundan tashqari, deklaratsiyada Lukashenko hali ham Galina Radionovna Lukashenko bilan nikohda ekanligi ko‘rsatilgan. Galina Lukashenkoning 2019-yildagi daromadi 5,5 ming Belarus rublini (2255 dollar) tashkil qilgan, bular nafaqa va aksiyalardan keladigan daromadlar hisoblanadi. Lukashenkoning rafiqasi Mogilyev viloyati Shklov tumanidagi uy, yer uchastkasi va yana bir uyning yarmiga egalik qiladi. Bunda tashqari, unga Shklovdagi yog‘ ishlab chiqarish zavodining 56 dona aksiyasi tegishli.

Eslatib o‘tamiz, Belarusda prezidentlik saylovlari 9-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga doir: Belarusda saylovoldi kampaniyasi boshlanganidan buyon 700 nafardan ziyod odam hibsga olingani ma’lum qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-07-2020, 08:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют