» » Huawei’ning haydovchisiz boshqariladigan mashinasi Tailand hukumatiga koronavirusga qarshi kurashda yordam berdi

Huawei’ning haydovchisiz boshqariladigan mashinasi Tailand hukumatiga koronavirusga qarshi kurashda yordam berdi


Koronavirus pandemiyasi dunyoning ko‘plab davlatlarida jiddiy muammoga aylandi va yirik texnologik kompaniyalar unga qarshi kurashda yordam ko‘rsatmoqda. Masalan, Tailand hukumatiga kasallik tarqalishining oldini olishda Huawei yordamlashdi, deb yozadi SoyaCincau.

Ma’lum qilinishicha, Xitoy giganti Tailand telekommunikatsiya va teleradioeshittirishlar milliy komissiyasi bilan hamkorlikda mamlakatdagi yirik shifoxonalarga tibbiyot tovarlarni yetkazib berishda haydovchisiz boshqariladigan mashinalardan foydalangan. Mashinani masofadan turib boshqarish 5G aloqa tarmog‘i yordamida amalga oshirilgan.

Loyiha Siraraj shifoxonasida tibbiyot muassasalari o‘rtasida ichki logistikani yaxshilash uchun ishga tushirilgan. Tizim xodimlarga tushadigan yuklamalarni va ularning kasallikka chalinish xavfini kamaytirishga imkon beradi. Tailand Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasida 5G aloqa tarmog‘i xizmatlaridan tijoriy sektorda foydalangan birinchi mamlakatga aylandi.

Mart oyida dunyoning yirik IT-kompaniyalar koronavirusga qarshi kurashga o‘z hissasini qo‘shayotgani, Apple va Facebook millionlab niqoblarni xarid qilayotgani, Amazon esa ofitsiantlarni ishga yollashni boshlagani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-07-2020, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 44) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют