» » Toshkentda koronavirusga chalingan 55 yoshli erkak vafot etdi. O‘zbekistonda o‘lim holatlari soni 73 taga yetdi

Toshkentda koronavirusga chalingan 55 yoshli erkak vafot etdi. O‘zbekistonda o‘lim holatlari soni 73 taga yetdi


Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 55 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Xabarda qayd etilishicha, Yunusobod tumanida yashovchi 55 yoshli Sh.A. 12-iyul kuni 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasidan og‘ir ahvolda tez tibbiy yordam mashinasida Zangiota tuman ko‘p tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib kelingan. Ahvoli o‘ta og‘irligi sababli bemor zudlik bilan reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan hamda sun’iy nafas oldirish apparatiga ulangan.

Unga COVID-19 infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir nafas yetishmovchiligi bilan kechgan. Shuningdek, qandli diabet, surunkali buyrak yetishmovchiligi hamroh kasalliklari bilan ham og‘rigan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida tibbiyot mutaxassislari tomonidan konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas, surunkali jigar-buyrak hamda o‘pka-yurak yetishmovchiligidan vafot etgan.

Chilonzorlik bemor O‘zbekistonda COVID-19 infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgan 73-qurbonga aylandi.

Avvalroq Ichki ishlar vazirligining ikki nafar xodimi 70 hamda 71-o‘lim sifatida Sog‘liqni saqlash vazirligi statistikasiga qo‘shilgani to‘g‘ridai xabar berilgan. Koronavirusdan vafot etgan Davlat xizmatlari agentligi xodimi esa 72-qurbon sifatida qayd etilgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 15-iyul kuni 496 kishida koronavirus aniqlandi. Besh kishi vafot etdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-07-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют