» » Zubayra Tuxugovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

Zubayra Tuxugovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi


Yarim yengil vazn toifasida faoliyat olib boruvchi UFC jangchisi Zubayra Tuxugov keyingi raqibi nomini bilib oldi.

Rossiyalik yakkakurashchi 19-sentabr kuni bo‘lib o‘tishi kutilayotgan UFC 253 musobaqasida Hakim Doudga qarshi oktagonga chiqadi.

29 yoshli Tuxugov so‘nggi jangida Kevin Agilarni birinchi raundda nokautga uchratgandi. Kanadalik sportchi esa ketma-ket to‘rt jangdan buyon mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, UFC 253 musobaqasining asosiy jangi yengil vazn toifasi chempioni Habib Nurmagomedov va vaqtinchalik chempion Jastin Getji o‘rtasida kechishi kutilmoqda. Shu tariqa Zubayra yaqin do‘sti bilan bir kunda jang qilishi mumkin.

Avvalroq UFC 253 musobaqasi Abu-Dabida emas Las-Vegasda bo‘lib o‘tishi xabar qilingandi.

Zubayra Tuxugovning Kevin Agilar ustidan qozongan g‘alabasini tomosha qiling.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-07-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют