» » Saudiya Arabistoni BMTning ayollar huquqlari bo‘yicha komissiyasiga qo‘shildi

Saudiya Arabistoni BMTning ayollar huquqlari bo‘yicha komissiyasiga qo‘shildi


Saudiya Arabistoni BMTning ayollar huquqlari bo‘yicha komissiyasi a’zosi sifatida saylanishi huquq himoyachilarining keskin noroziliklariga sabab bo‘ldi. Bu haqda, The Independent nashriga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Aytilishicha, qirollik ayollarning huquqlarini himoya qilish hamda gender tenglikni ta’minlashda global standartlarni yaratish yo‘nalishida faoliyat yuritishi lozim bo‘lgan komissiyaning 45 a’zosidan biriga aylandi.

BMT qoshidagi huquq himoyachilaridan biri Xilel Nyuyer bunday qarorni tanqid ostiga olib, bu holatni “asosiy o‘t qo‘yuvchini yong‘in xavfsizligi uchun mas’ul qilib qo‘yish”ga tenglashtirdi.

“Saudiyalik har bir ayol o‘rniga qaror qabul qiladigan erkak vasiyga ega bo‘lishi shart. U yerda ayollar hatto mashina hayday olmaydi”, — ta’kidladi huquq himoyachisi.

Опубликовано: admin (24-04-2017, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют