» » Zinedin Zidan “Real”ning “Vilyarreal”ga qarshi o‘yin qaydnomasini e’lon qildi

Zinedin Zidan “Real”ning “Vilyarreal”ga qarshi o‘yin qaydnomasini e’lon qildi


Madridning “Real” jamoasi La Liga 37-turida “Vilyarreal”ni qabul qiladi.

O‘yin Toshkent vaqti bilan 16-iyuldan 17-iyulga o‘tar kechasi 00:00 da boshlanadi.

Madrid klubi ustozi Zinedin Zidan ushbu bahsda maydonga tushishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Uchrashuvni Marselo jarohat sabab o‘tkazib yuborsa, Nacho bir necha oylik tanaffusdan so‘ng safga qaytdi. Shuningdek, Xames Rodriges ham qaydnomaga kiritilmagan.

Mazkur uchrashuvdagi g‘alaba “Qirollik klubi”ni chempionga aylantiradi.

O‘yin qaydnomasiga kiritilgan 24 nafar futbolchi bilan tanishing:

Darvozabonlar: Tibo Kurtua, Alfons Areolya, Diyego Altube.

Himoyachilar: Dani Karvaxal, Eder Militao, Serxio Ramos, Rafael Varan, Nacho, Ferlan Mendi.

Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Luka Modrich, Kazemiro, Federiko Valverde, Isko.

Hujumchilar:Eden Azar, Karim Benzema, Garet Beyl, Lukas Vaskes, Luka Yovich, Marko Asensio, Braim Dias, Mariano Dias, Vinisius Junior, Rodrigo Goes.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-07-2020, 11:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют