» » “Pandemiyaga qarshi kurashda kechagi strategiya bugungi kun talabiga javob bermaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev

“Pandemiyaga qarshi kurashda kechagi strategiya bugungi kun talabiga javob bermaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev


O‘zbekistonda, ayniqsa Toshkent shahri va Toshkent viloyatida koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha kechagi taktika, kechagi strategiya bugungi kun talabiga umuman javob bermaydi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev 15-iyul kuni Prezident videoselektoridan so‘ng bergan intervyusida ma’lum qildi, deb xabar beradi “Kun.uz”.

“Avval virusni aniqlab, undan so‘ng davolashga o‘tgan bo‘lsak, hozirgi holat zudlik bilan yordam berish kerakligini ko‘rsatmoqda”, — deydi Musayev.

Hukumat vakilining so‘zlari ko‘ra, Toshkent shahrida 135 ta tez tibbiy yordam mashinasi bo‘lib, birinchi bosqichda zudlik bilan yana 50 ta mashina ikki kun ichida jihozlanib, yo‘lga qo‘yiladi. Poytaxtdagi Call-markazda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar soni 40 nafardan 100 kishiga yetkaziladi.

“Bugun Toshkent shahridagi poliklinikalarga 750 ta mobil telefon yetkazib berildi. Shifokorlar kun davomida uch mahal o‘zini-o‘zi davolash bilan shug‘ullanayotgan bemorlardan qo‘ng‘iroq qilib hol-ahvol so‘raydi hamda kerakli maslahatlarni beradi”, — dedi bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari.

U bugungi muammo nafaqat sog‘liqni saqlash tizimining, balki barcha darajadagi hokimlarning ham muammosi ekanini qayd etib o‘tgan.

Behzod Musayevning ta’kidlashicha, hududdagi sektorlarning to‘rt rahbari bemorlar holatidan xabardor bo‘lishi shartligi belgilangan. Bu orqali ular aholining dard va muammolari hamda hududdagi sog‘liqni saqlash tizimi holatini yaqindan biladi.

Bosh vazir o‘rinbosari, shuningdek, pandemiya bilan bog‘liq vaziyat muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida dori-darmon va himoya vositalari zaxirasini shakllantirish vazifasi qo‘yilganini ham ta’kidlab o‘tgan.

Avvalroq Prezident koronavirusga qarshi kurashni samarali tashkil qilmagani uchun Jahongir Ortiqxo‘jayev va Alisher Shodmonovga hayfsan bergani ma’lum qilingandi.

Mavzuga doir: “Sizlar hozirgi siyosatimizga, xalqimizga xiyonat qilyapsizlar” — Shavkat Mirziyoyev COVID-19 sababli Toshkent shahri va viloyati rahbarlarini tanqid qildi

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 14-iyul kuni o‘tkazilgan videoselektorda koronavirusga qarshi kurash uchun mamlakatda barcha zaxira va imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladi, biroq hozirda epidemiologik vaziyat juda og‘irligini aytdi. Shuningdek, davlat rahbari koronavirusni aniqlash uchun test topshirish jarayonini soddalashtirish, hududlarda uch oylik dori zaxirasini yaratish hamda dorixonalarda va bozorlarda narxlar oshishining oldini olish bo‘yicha topshiriq berdi. Shuningdek, zarur joylarda karantin choralarini kuchaytirish bo‘yicha topshiriq berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-07-2020, 12:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют