» » Sergelida “Oqava suv ta’minoti”ga qarashli Tico yonib ketdi (video)

Sergelida “Oqava suv ta’minoti”ga qarashli Tico yonib ketdi (video)


Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent ko‘chalarining birida Tico rusumli avtomobilning yonayotgani tasvirlangan video paydo bo‘ldi. IIV YXHBB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, yong‘in 16-iyul kuni Sergeli tumanida sodir bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, soat 09:39 larda tumanning Shokirariq ko‘chasida joylashgan 40-uy oldida “Oqava suv ta’minoti” MChJga qarashli Tico rusumli transport vositasida yong‘in yuzaga kelgan.

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Ta’kidlanishicha, Tico’ning dvigatel va salon qismi yonib ketgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilib, yong‘in sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Avvalroq Toshkentda Mercedes-Benz bilan to‘qnashgan Nexia 3, Surxondaryoda Malibu bilan to‘qnashgan “VAZ 2101”, Bulung‘urda qariyb 22 tonna bo‘yoq olib ketayotgan yuk mashinasi yonib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-07-2020, 14:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют