» » Toyota kompaniyasi Corolla sedanining sport versiyasini taqdim etdi

Toyota kompaniyasi Corolla sedanining sport versiyasini taqdim etdi


Toyota kompaniyasi Corolla sedanining sport versiyasini taqdim etdi. Corolla Apex Edition nomini olgan 6 ming nusxadagi avtomobil Shimoliy Amerika bozori uchun mo‘ljallangan, deb xabar beradi Motor.

Toyota Corolla Apex Edition’ning bir qarashda ko‘zga tashlanadigan SE va XSE versiyalardan farqi — qora aerodinamik to‘siq, bronza rangli splitter, bamper, yon qirqimlar va diffuzor. Yukxona tomidagi spoyler — opsiyalari.

Barcha Apex’lar yangi amortizatorlar, biroz qattiqroq spiral prujinalar “otboynik”lar bilan jihozlangan. Shu sababli yo‘lni yoritish qismi 15,2 millimetrga qisqargan, biroq burchak qattiqligi oshgan: Plyus 47 foiz old tarafdan va 33 foiz orqa tarafdan. Shuningdek, sedanlarga 18 dyuymli litiy-alyuminiyli diskalar o‘rnatilgan.

Corolla Apex Edition maxsus versiyasiga 171 ot kuchi va 205 Nm aylanuvchi momentga ega 2,0 litrli Dynamic Force dvigateli o‘rnatilgan. U Direct Shift CVT olti pog‘onali uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi.

Avvalroq Xitoyning FAW-Toyota qo‘shma korxonasi yuqori qulaylikka ega maxsus Corolla’ni ishlab chiqargani to‘g‘rida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: O‘yinchoq Rolls-Royce haqiqiy Toyota Corolla narxida sotuvga chiqdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-07-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют