» » Rossiya—Qozog‘iston chegarasida qolib ketayotgan minglab o‘zbekistonliklarni poyezd orqali qaytarish boshlandi

Rossiya—Qozog‘iston chegarasida qolib ketayotgan minglab o‘zbekistonliklarni poyezd orqali qaytarish boshlandi


Rossiya—Qozog‘iston chegarasida qolib ketgan minglab o‘zbekistonliklar poyezd orqali qaytarilmoqda. Bu haqda “O‘zbekiston temiryo‘llari” matbuot xizmati xabar berdi. Ular Rossiyada ishsiz qolgach, Qozog‘iston orqali uylariga yetib olmoqchi bo‘lgan, biroq u yerda koronavirus tufayli cheklovlar qat’iylashtirilib, chegarada qolib ketgandi.

“O‘zbekiston temiryo‘llari” xabarida ma’lum qilinishicha, 16-iyul kuni O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya—Qozog‘iston davlat chegarasidan o‘tkazish masalasi bo‘yicha Rossiya tomoni bilan kelishuvga binoan, O‘zbekistonning uchta yo‘lovchi poyezdi Toshkent tomon yo‘l oldi.

1404 yo‘lovchisi bo‘lgan ikkita poyezd Kinel, yana bir poyezd esa 702 yo‘lovchi bilan Buzuluk stansiyalaridan harakatlanmoqda. Yo‘l davomida yo‘lovchi poyezdlar faqat texnik ko‘rik uchun to‘xtatiladi, ya’ni stansiya-vokzallarda yo‘lovchilar platformaga tushishiga ruxsat etilmaydi.

Chiptalar faqat O‘zbekiston fuqarolari uchun sotildi. Buzuluk—Toshkent yo‘nalishidagi chiptalar narxi 1 million 200 ming so‘m (8500 rubl), Kinel—Toshkent — 1 million 450 ming so‘m (10 100 rubl)ni tashkil etdi.

Poyezdlar O‘zbekiston Milliy gvardiyasi, Ichki ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlari kuzatuvi ostida olib kelinadi. Ushbu reyslarning barcha yo‘lovchilari poyezdlardan tushishlari bilanoq Namangan va Toshkent viloyatlarining karantin zonalariga yuboriladi.

Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 8-iyul kungi videoselektor yig‘ilishida “Chet ellardan shu bugungacha 90 mingdan ko‘p fuqarolarimizni qaytarib olib keldik. Yana bir marta xalqimizga murojaat qilib aytmoqchimanki, chet elda qolgan hamma fuqarolarimizni, albatta, olib kelamiz”, degan edi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Qozog‘iston bilan chegaradagi “G‘ishtko‘prik” chegara posti yaqinida to‘planib turgan 4 mingga yaqin o‘zbekistonlik chegaradan o‘tkazilgani haqida xabar berdi.

O‘zbekistonliklarning Rossiya—Qozog‘iston chegarasiga to‘planishi may oyida ham kuzatilgan, o‘shanda O‘zbekiston hukumati Rossiya va Qozog‘iston vakolatli organlari bilan kelishgan holda, 1100 nafar fuqaroni avtobusda mamlakat hududiga olib kelgandi. O‘shanda rasmiylar mazkur amaliyot istisno tariqasida faqat bir martagina amalga oshirilayotganini ta’kidlangan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-07-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют