» » Bektemirda 4 ming dollarga yerusti metrosi ostidan yer olib berishni va’da qilgan hokimlik xodimi ushlandi

Bektemirda 4 ming dollarga yerusti metrosi ostidan yer olib berishni va’da qilgan hokimlik xodimi ushlandi


Toshkent shahar Bektemir tumani hokimligining mas’ul xodimi 4000 dollar pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda “Daryo”ga DXXdagi manbalari xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hokimlik mas’ul xodimi mahalliy tadbirkorga Yashnobod tumani Ohangaron shoh ko‘chasi bo‘ylab o‘tgan yerusti metrosi tagidagi bo‘sh yerlardan tijorat maqsadida foydalanishi uchun rasmiylashtirib berishni va’da qilgan. Evaziga 4 ming dollar so‘ragan.

DXX Toshkent shahar boshqarmasi xodimlarining shahar prokuraturasi bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida mazkur shaxs talab qilingan pul mablag‘ini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda aniqlangan holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari doirasida ushbu noqonuniy ishlarga aloqador bo‘lgan shaxslarni aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda qurilayotgan halqa metro liniyasining birinchi bosqichi bo‘lgan Do‘stlik bekatidan Qo‘yliq bozorigacha bo‘lgan yo‘nalishi 11 kilometr bo‘lib, Do‘stlik-2 hamda 2, 3, 4, 5, 6 hamda Qo‘yliq bozoridagi 7-bekatlardan iborat. Ayni paytda 6 ta bekat qurib bitkazilgan. Oraliq yo‘nalishidagi 2,3 ming metr masofada dastlabki poyezdlar sinov tariqasida harakatlangan.

Yashnobod tuman hokimligi ushbu yerusti metro yo‘lining “Do‘stlik-2” bekatidan “Qo‘yliq” bekatigacha bo‘lgan masofani yanada obod etish, aholiga qulaylik yaratish uchun tadbirkorlarni hamkorlikka taklif etgan. Mazkur metro yo‘li bo‘ylab aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, dam olish maskanlari, bolalar maydonchalari, velo va yugurish yo‘laklari bunyod etish ko‘zda tutilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-07-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют