» » “Navbahor” — “Surxon” o‘yini Toshkentga ko‘chirildi. Namangan klubi bu xabarni ruxsatsiz chop etgani uchun PFLdan uzr so‘radi

“Navbahor” — “Surxon” o‘yini Toshkentga ko‘chirildi. Namangan klubi bu xabarni ruxsatsiz chop etgani uchun PFLdan uzr so‘radi


Coca-Cola Superliga 10-turidan o‘rin olgan “Navbahor” — “Surxon” uchrashuvi Toshkentda o‘tkaziladi. Bu haqda namanganliklar klubi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, pandemiya sabab yuzaga kelgan hozirgi sharoitdan kelib chiqib, jamoalar o‘zaro kelishgan holda shu qarorni qabul qilgan. O‘yin poytaxtdagi “Lokomotiv” stadionida o‘tadi. Taqvimga ko‘ra, uchrashuvga “Surxon” mezbonlik qilishi kerak edi. O‘zaro kelishuvga ko‘ra, Toshkentdagi o‘yinda “Navbahor” nominal mezbon bo‘ladi. Ikkinchi davradagi “Surxon” mezbonlik qiladigan o‘yin ham Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

Professional futbol Ligasi (PFL) mazkur ma’lumotga qadar hech qanday axborot bermagan edi. “Navbahor” matbuot xizmati biroz vaqt o‘tib, ushbu bayonotni PFL ruxsatisiz e’lon qilgani uchun tashkilotdan uzr so‘radi.

“Surxon” matbuot xizmati esa uchrashuv nima sababdan Toshkentga ko‘chrilgani haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, “Navbahor” klubi Termizda mehmonxona topish bilan bog‘liq muammoga duch kelayotgani, pandemiya sabab avtotransport vositalarining harakati cheklangani va“Surxon”ning uy stadionidagi yoritish tizimidagi muammolar o‘yinning Toshkentga ko‘chirilishiga sabab bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” va “Surxon” jamoalari o‘rtasidagi bahs 21-iyul, seshanba kuni 19:00 da boshlanadi.

9-turdan so‘ng “Navbahor” 17 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. “Surxon” (7) 11-pog‘onaga joylashgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-07-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют