» » Uzoq yillik turmushdan keyin ajrashishga qaror qilgan mashhur yulduzlar

Uzoq yillik turmushdan keyin ajrashishga qaror qilgan mashhur yulduzlar


Shou-biznes vakillarining turmush qurganidan uch oy yoki yarim yil o‘tib ajrashishlari kishini hayratga solmay qo‘ygan bo‘lishi mumkin, lekin birga uzoq va ahil yashagan juftliklar munosabatlariga urush-janjal bilan nuqta qo‘yilishi muxlislarni larzaga soladi.

Arnold Shvarsenegger va Mariya Shrayver

Aktyor mashhur Kennedi oilasining a’zosi Mariya Shrayver bilan 1986-yilda turmush qurgan. To‘rt nafar farzandning ota-onasi bo‘lgan juftlik 25 yillik turmushdan keyin Arnoldning xiyonati oqibatida ajrashgan.

Demi Mur va Bryus Uillis

1987-yilda turmush qurgan shou-biznes vakillari turmushi davomida uch qizning ota-onasi bo‘lishga ulgurgan. 2000-yilda munosabatlarga nuqta qo‘yilganidan keyin, oradan 5 yil o‘tgach, Demi karyerasini boshlaganiga hali ko‘p bo‘lmagan, 27 yashar Eshton Kutcherga turmushga chiqadi. Lekin bu turmush ham Kutcherning xiyonati sabab uzoqqa bormaydi.

Mel Gibson va Robin Mur

1980-yilda munosabatlarini nikoh bilan mustahkamlagan juftlik 7 farzandning ota-onasi hisoblanadi. 2009-yilda rus pianinachisi Oksana Grigoryevaga ilakishib qolgan ko‘p farzandli ota oila darz ketishiga sababchi bo‘ladi. Aktyor xiyonati nafaqat kinosanoatdagi mavqeyi, balki cho‘ntagiga ham zarar bo‘ladi. Ajrashganidan keyin bor davlatining teng yarmi, ya’ni 425 million dollarni sobiq rafiqasiga berishiga to‘g‘ri keladi.

Jonni Depp va Vanessa Paradi

Aktyor Jennifer Grey, Vaynona Rayder va Keyt Moss bilan ishqiy munosabatda bo‘lganiga qaramay, Vanessa uning hayotida muhim rol o‘ynagan va ikki karra ota bo‘lishiga sababchi bo‘lgan. Restoranda bir ko‘rishda oshiq bo‘lgan Jonni Paradi bilan 1998-yildan 2012-yilga qadar birga hayot kechirgan. Munosabatlarga nuqta qo‘yilishiga aktyorning Ember Xerdga ilakishib qolgani sabab bo‘lgan. Depp Ember bilan 2015-yilda turmush qurgan, lekin ko‘p o‘tmay ajrashgan.

Monika Belluchchi va Vensan Kassel

1996-yilda “Xonadon” filmining suratga olish jarayonida tanishgan juftlik 1999-yilda turmush qurgan va ikki farzandning ota-onasi bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan. Mashhurlar munosabatiga 2013-yilda nuqta qo‘yilgan.

Antonio Banderas va Melani Griffit

1996-yilda turmush qurgan juftlikning bir qiz farzandi bor. Antonio va Melani 18 yillik turmushidan keyin 2014-yilda bir-birini tushuna olmaganliklari sabab ajrashishga qaror qilgan. Mish-mishlarga ko‘ra esa oilaning darz ketishi Melanining asossiz rashklari bilan bog‘liq.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-07-2020, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют