» » Pro-Liga doirasidagi “Xorazm” — “Dinamo” o‘yini qoldirildi. Uch futbolchi koronavirus yuqtirib olganlikda gumon qilinmoqda

Pro-Liga doirasidagi “Xorazm” — “Dinamo” o‘yini qoldirildi. Uch futbolchi koronavirus yuqtirib olganlikda gumon qilinmoqda


Futbol bo‘yicha Pro-Liga 3-turidan o‘rin olgan “Xorazm” — “Dinamo” uchrashuvi noma’lum muddatga qoldirildi.

Professional futbol Ligasi (PFL) matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 15-iyul kuni “Dinamo”ning uch nafar futbolchisi koronavirus yuqtirib olganlikda gumon qilingan. 16-iyul kuni “Xorazm”ning bir necha nafar futbolchisi ham o‘zini yaxshi his qilmayotgani aniqlangan. Shundan kelib chiqib PFL o‘yinni Pro-Liga uchun belgilab qo‘yilgan zaxira kunlariga ko‘chirishga qaror qildi.

O‘yin 15-iyul kuni Xorazmda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi.

“Dinamo” va “Xorazm” Pro-Liga 2-turidan so‘ng birorta ham ochko to‘play olmay, so‘nggi o‘rinlarda bormoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-07-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют