» » Bir oy har kuni ertalab sovuq dush qabul qilinsa, organizmda qanday o‘zgarishlar kuzatiladi?

Bir oy har kuni ertalab sovuq dush qabul qilinsa, organizmda qanday o‘zgarishlar kuzatiladi?


Tongda sovuq dush qabul qilish organizmni biroz zo‘riqtirishi mumkin, lekin ushbu jarayonda energiyaga to‘la bo‘lishga sabab bo‘luvchi adrenalin va miya faoliyati yaxshilanishida ahamiyatli bo‘lgan norepinefrin ajraladi. Qolaversa, sovuq dush bir finjon qahva singari tetiklashtirish xususiyatiga ega.

Mushaklar og‘rishi to‘xtaydi

Bejizga jarohatlangan tana qismiga muzli xaltacha qo‘yilmaydi, sovuqlik shish va og‘riqni ketkazadi, to‘qimalar tiklanishiga sababchi bo‘ladi. Britaniyaning The New England Journal of Medicine o‘tkazgan tadqiqotida aniqlanishicha, 60 foiz sportchilar og‘ir mashqlardan keyin sovuq dush qabul qilib, mushaklari deyarli og‘rimayotganini ta’kidlagan. Bunday natijaga ega bo‘lish uchun shunchaki sovuq dush tagida turish emas, qon og‘riq bor tana qismiga yig‘ilgunicha suvni ma’lum muddat tutib turish kerak. Bu vaqtda teri rangida biroz qizarish kuzatiladi.

Qomat ixchamlashishi kuzatiladi

Organizmda ikki xil — oq va jigarrang yog‘ bo‘ladi. Oq yog‘ “yomon”, jigarrangi bo‘lsa “yaxshi” yog‘ hisoblanadi. Sovuq suvli dush qabul qilish esa aynan oq yog‘dan qutilishga yordam beradi. Olimlarning aniqlashicha, 10-15 daqiqa sovuq dush qabul qilganda metabolizm, velosiped uchgandagidek yaxshilanadi. Bu har kuni sovuq dush qabul qilinsa, yiliga 5 kg vazn yo‘qotish mumkinligini anglatadi.

Salomatlik uchun foyda

Sovuq dush metabolizmni yaxshilaydi. Moddalar almashinuvining yaxshilanishi esa immun tizimini faollashtiradi, buning oqibatida virusga qarshi kurashuvchi oq qon tanachalarining ko‘payishiga olib keladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-07-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют