» » McLaren kompaniyasi karbon korpusli simsiz naushniklarini taqdim etdi

McLaren kompaniyasi karbon korpusli simsiz naushniklarini taqdim etdi


McLaren Formula-1 poyga jamoasi Klipsch kompaniyasi bilan hamkorlikda T5 II McLaren Edition nomli maxsus simsiz naushniklarni taqdim etdi. Qurilma korpusi karbondan tayyorlangan, uning jamlanmasidan broshyura va seriyali nomerli “tablichka” o‘rin olgan, deb xabar beradi Motor.

McLaren’ning karbon naushniklarini alohida seriyasi birinchi avlod Klipsch T5 II True Wireless modeli bazasida yaratilgan. Uning o‘ziga xos jihatlari — alyuminli keys o‘rniga Papaya Orange rangidagi ugleplastik g‘ilofdan foydalanilgan va naushniklarning o‘ziga McLaren logotipi tushirilgan. Jamlanmadan yuqori sig‘imga ega (to‘rt marotaba quvvatlantirishga yetadi) zaxira akkumulyatori, olti juft silikon “ambushyur”, shuningdek, simsiz quvvatlantirgich o‘rin olgan.

Qurilma chang va turli suyuqliklardan himoyalangan, xususan, namlikni yo‘qotish uchun Klipsch texnologiyasidan foydalaniladi. Har bir juft naushnik seriyali raqam va ishlab chiqarilgan sanasi qayd etilgan metall “tablichka”ga ega.

Mazkur naushniklar 2020-yilning 1-sentabrida 334 dollar atrofida sotuvga chiqadi. Taqqoslash uchun, oddiy Klipsch T5 II True Wireless narxi 237 dollarga teng.

Avvalroq internetda Samsung kompaniyasining shovqinni faol so‘ndirish funksiyasiga ega yangi simsiz naushniklarining rasmiy suratlari tarqalib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Apple’ning AirPods’lari qanday qilib dunyodagi eng mashhur simsiz naushnikka aylandi?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-07-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют