» » RPL. “Rostov” durang o‘ynab YChL yo‘llanmasi uchun kurashdan chiqdi, O‘runovning “Ufa”si yutqazdi

RPL. “Rostov” durang o‘ynab YChL yo‘llanmasi uchun kurashdan chiqdi, O‘runovning “Ufa”si yutqazdi


Futbol bo‘yicha Rossiya Premyer Ligasining 29-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar 16-iyul, payshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Rostov” jamoasi Qozonda “Rubin” mehmoni bo‘ldi. Teng kurashlar ostida o‘tgan o‘yinda nursiz durang qayd etildi. Mazkur bahsda o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov to‘liq harakat qildi.

Ushbu durangdan so‘ng rostovliklarning ochkolari 45 taga yetdi va jamoa beshinchi o‘rinni egallab turibdi. Shu tariqa “Rostov” Yevropa Chempionlar Ligasi yo‘lanmasi uchun kurashdan chiqdi, jamoa o‘tgan turda Yevropa Ligasi yo‘llanmasini naqd qilib qo‘ygandi.

Parallel kechgan bahsda “Ufa” o‘z uyida Moskvaning “Dinamo”sini qabul qildi. Uchrashuvning 79-daqiqasida Joaozinyoning tomonidan penaltidan urilgan gol poytaxtliklarga g‘alaba olib keldi.

Ushbu g‘alabadan keyin “Dinamo” 38 ochko bilan 6-o‘ringa ko‘tarildi. “Ufa” (37) esa 8-pog‘onaga tushib ketdi.

RPL

29-tur bahslari

16-iyul, payshanba

“Rubin”: Dyupin, Samoshnikov, Uremovich, Starfelt, Pablo, Makarov (Bakayev, 46), Yevtich (Davitashvili, 64), Konovalov, Kvaratsxeliya, Abilgor (Tarasov, 64), Ignatyev (Markov, 64).

“Rostov”: Pesyakov, Chernov, Hajikadunich, Osipenko, Saplinov (Vedernikov, 78), Ionov (Proshlyakov, 90), Popov, Bayramyan (Dolgov, 77), Glebov, Mamayev (Logashov, 61), Shomurodov.

Ogohlantirishlar: Chernov (18), Popov (23), Bayramyan (38), Glebov (45), Samoshnikov (52), Tarasov (66), Dolgov (80), Pablo (81), Uremovich (85).

Gol: 0:1 – 79, penalti Joaozinyo.

“Ufa”: Chernov, Krugovoy, Suxov, Tabidze, Alikin, O‘runov, Golubev, Till (Vombergar, 76), Bezdenejnыx, Yemelyanov, Bizyak.

“Dinamo”: Shunin, Ordets, Morozov, Skopinsev (Karapuzov, 46), Rikov, Joaozinyo, Noyshtedter, Hilyemark (Shkolik, 46), Igboun (Kabore, 82), Komlichenko (Grulev, 70), Panchenko (N`Ji, 61).

Ogohlantirishlar: Yemelyanov (55), Alikin (72).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-07-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют