» » O‘zbekiston Oliy sudi raisining Surxondaryodagi sayyor qabulida 76 ta murojaat tinglandi

O‘zbekiston Oliy sudi raisining Surxondaryodagi sayyor qabulida 76 ta murojaat tinglandi


O‘zbekiston Oliy sudi raisi Sh.G‘oziyev Surxondaryo viloyatida sayyor qabul o‘tkazdi, deb xabar beradi O‘zA.

Termiz shahridagi Prezident Xalq qabulxonasida tashkil etilgan sayyor qabulda O‘zbekistonda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, qonun ustuvorligini ta’minlash, sud ish yurituvining sifati va samaradorligini oshirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi ekani ta’kidlandi.

O‘tgan vaqtda viloyatdagi Prezident Xalq qabulxonlariga kelib tushgan 11 ming 346 murojaatning 320 tasi sud amaliyotiga tegishli ekani qayd etildi.

Sayyor qabulda Surxondaryo viloyatidagi tadbirkorlik subyektlari, keksalar, xotin-qizlar va boshqa fuqarolar tomonidan ularning yaqin qarindoshlari yoki o‘zlari ustidan chiqarilgan sud hukmlaridan noroziligi bo‘yicha Prezident Virtual qabulxonasi, Xalq qabulxonalari va bevosita Oliy sudga qilingan murojaatlar tinglandi, qayta ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi. Ayrim fuqarolarga tegishliligi bo‘yicha huquqiy maslahatlar berildi.

Ikki kun davom etgan sayyor qabulda fuqarolarning turli masalalarga oid 76 murojaati tinglanib, qayta ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi. Viloyat sudlari raislari va sudyalarga aniq topshiriqlar berilib, nazoratga olindi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-04-2017, 07:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют