» » O‘zbekistonda xususiy klinikalarga ham COVID-19’ga chalingan bemorlarni davolashga ruxsat berildi

O‘zbekistonda xususiy klinikalarga ham COVID-19’ga chalingan bemorlarni davolashga ruxsat berildi


O‘zbekistonda xususiy va nodavlat klinikalarga ham COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolashi uchun sharoit yaratiladi. Bu haqda bosh vazir Abdulla Aripov rahbarligida bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda ma’lum qilingan, deyiladi Telegram’dagi “Koronavirus Info” kanalining xabarida.

Bosh vazir Abdulla Aripov rahbarligida o‘tkazilayotgan aholini tezkor tarzda koronavirus infeksiyasiga test qilish va kasallanganlarga uzluksiz tez tibbiy yordam ko‘rsatish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor tarzidagi yig‘ilishda barcha xususiy va nodavlat klinikalarga COVID-19’ga PSR-testlarni amalga oshirish va infeksiya bilan kasallangan bemorlarni davolash faoliyatini olib borish huquqi taqdim etilishi ta’kidlandi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi hamda barcha viloyat, tuman hokimliklariga xususiy va nodavlat klinikalarning faoliyatida mazkur masalalarning hal etilishida tezkor choralarni ko‘rish vazifasi yuklangan.

Shuningdek, yig‘ilishda O‘zbekiston hududiga kislorod konsentratorlarini olib kirganlik uchun bojxona to‘lovlaridan ozod qilish belgilandi. Ular yordamida COVID-19’ga chalingan bemorlarni, pnevmoniya asoratlari hamda boshqa o‘pka kasalliklarini davolash mumkin, deyiladi xabarda.

Yig‘ilish davom etmoqda.

Avval Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi direktori Habibulla Oqilov 15-iyul kungi Prezident videoselektoridan keyin bergan intervyusida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida tayyorlangan zaxira koyka-o‘rinlar yetmayotganini ma’lum qilgandi.

Videoselektorda koronavirus tarqalishining oldini olish va davolash bo‘yicha Toshkent shahridagi ishlarni talab darajasida tashkil etmagani, epidemiologik vaziyatning salbiy o‘zgarishlariga tayyor bo‘lishni ta’minlamagani, bu kasallik bilan “pastga tushib” mukammal shug‘ullanmagani uchun sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga hayfsan e’lon qilingan, shahar va viloyatning barcha sektor rahbarlari jiddiy ogohlantirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-07-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют