» » APL. “Manchester Yunayted” Londonda g‘alaba qozondi, “Lester” ham uch ochkoga ega bo‘ldi

APL. “Manchester Yunayted” Londonda g‘alaba qozondi, “Lester” ham uch ochkoga ega bo‘ldi


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 36-turida “Manchester Yunayted” jamoasi 16-iyul, payshanba kuni “Kristal Pelas” mehmoni bo‘ldi.

Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Markus Reshford mehmonlarning dastlabki golini urdi. 78-daqiqada esa Antoni Marsyal o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ygan holda yakuniy hisobni o‘rnatdi.

“Lester” esa o‘z uyida “Sheffild Yunayted” bilan bahs yuritdi. Ayose Peres va Demerey Greyning gollari “tulkilar”ga g‘alaba olib keldi.

Shu tariqa mazkur g‘alabalardan so‘ng “Lester” va “Manchester Yunayted”ning ochkolari 62 taga yetdi. Jamoalar 4 va 5-o‘rinlarda bormoqda. Keyingi turda “Lester” “Tottenhem” mehmoni bo‘ladi, “Manchester Yunayted” esa “Vest Hem”ni qabul qiladi. Agar jamoalar 37-turda ham bir xil natija qayd etadigan bo‘lsa, so‘nggi turdagi “Lester” — “Manchester Yunayted” o‘yini haqiqiy finalga aylanadi.

APL

36-tur bahslari

16-iyul, payshanba

Gollar: 0:1 – 45 Reshford, 0:2 – 78 Marsyal.

“Kristal Pelas”: Guaita, Denn, Sako, Uord, van Anxolt (Mitchell, 84), Taunsend, Makkarti (Ridevald, 83), Makartur (Shlupp, 72), Milivoyevich, Zaa, Ayyu.

“Manchester Yunayted”: De Xea, Fosu-Mensa, Maguayr, Lindelyof, Uan-Bissaka, Pogba, Maktominay (Matich, 63), Brunu Fernandesh, Marsyal, Grinvud (Lingard, 62), Reshford.

Ogohlantirishlar: Uan-Bissaka (36), Maguayr (65), Milivoyevich (90).

Gollar: 1:0 – 29 Peres, 2:0 – 79 Grey.

Gollar: 0:1 – 72 Konsa, 1:1 – 87 Uolkott.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2020, 02:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют