» » O‘zbekistonda 2017–2018-yillarda 5454 kilometr yo‘l kapital va joriy ta’mirlanadi

O‘zbekistonda 2017–2018-yillarda 5454 kilometr yo‘l kapital va joriy ta’mirlanadi


2017–2018-yillarda 5454 kilometr, jumladan, 2017-yilda 2700 kilometr, 2018-yilda 2754 kilometr xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llari, shaharlar, qishloq va ovullarning ko‘chalarini kapital va joriy ta’mirlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida qayd etildi, deb xabar beradi O‘zA.

Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan anjumanda, shuningdek, ichki yo‘l va ko‘chalarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazish hamda ularni pasportlashtirish, bu boradagi ishlar natijasi bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasini yaratish ishlari amalga oshirilishi ta’kidlandi.

Tadbirda qo‘mita raisi o‘rinbosari O.Odilov va boshqalar so‘zga chiqdi.

“Avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarida yo‘l qoplamalarining sifati va chidamliligini oshiradigan zamonaviy qurilish usullari va texnologiyalaridan foydalaniladi, – dedi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining boshqarma boshlig‘i Nodir Husanov. – Dasturga asosan kapital va joriy ta’mirlash ishlarini bajarish uchun mintaqaviy yo‘llarni ta’mirlashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni 330 yo‘l texnikasi bilan ta’minlash rejalashtirilgan”.

Matbuot anjumanida mutaxassislar jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-04-2017, 07:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют