» » Qoraqalpog‘iston Mudofaa ishlari boshqarmasining yangi binosi qurilishi boshlandi

Qoraqalpog‘iston Mudofaa ishlari boshqarmasining yangi binosi qurilishi boshlandi


Nukus shahrida Qoraqalpog‘iston Mudofaa ishlari boshqarmasining yangi binosi qurilishiga start berildi, deya xabar beradi “Daryo”ga Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, 15-iyul kuni Nukus shahrida Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Farhodjon Shermatov Qoraqalpog‘iston Mudofaa ishlari boshqarmasining ma’muriy binosi qurilishi bilan bog‘liq jarayonni ko‘zdan kechirdi hamda qurilish ishlariga ramziy start berdi.

Ta’kidlash joiz, 2020-yilning may oyida Nukus shahri markazida barpo etilayotgan Nukus City shaharchasining qurilishi tufayli Qoraqalpog‘iston ko‘chasining 11-uyida joylashgan Qoraqalpog‘iston Mudofaa ishlari boshqarmasining ma’muriy binosi vaqtincha boshqarmaning Chaqiruv uchastkasi joylashgan hududga ko‘chirilgan edi.

Mudofaa ishlari boshqarmasi kapital qurilishi uchun Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesining mahalliy budjetidan 5,950 million so‘m mablag‘ ajratilib, tender savdolari yakunlari bo‘yicha qurilish ishlari “Golden star” MChJ tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

Qurilishi rejalashtirilayotgan binoning smeta-loyiha hujjatlariga ko‘ra, Mudofaa ishlari boshqarmasi 3 qavat hamda yerto‘ladan iborat bo‘lib, zamonaviy andozada barcha qulayliklarga ega bo‘lgan 70 dan ziyod xizmat xonalarini o‘z ichiga oladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют