» » Kanye Uest AQSh prezidentlik saylovida nomzod sifatida qatnashish uchun ariza topshirdi

Kanye Uest AQSh prezidentlik saylovida nomzod sifatida qatnashish uchun ariza topshirdi


Amerikalik reper Kanye Uest Federal saylov komissiyasiga (FSK) prezidentlik sayloviga nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tishi uchun ariza topshirdi. Bu haqda FSK veb-saytidagi tayanib “RBK” ma’lum qildi.

Ariza 15-iyul kuni ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi. To‘ldirilgan shaklga ko‘ra, reper “Kanye 2020” qo‘mitasidan nomzod bo‘ladi. Forbes nashriga bergan intervyusida u biron bir partiyadan nomzod bo‘lmasligini, balki o‘z partiyasini tuzishini aytgan edi va arizada u BDY partiyasidan nomzod bo‘layotganini yozgan.

Uestning ta’kidlashicha, uning partiyasi “The Birthday Party” deb nomlanadi (Bu yerda so‘z o‘yini ketgan, “Party” so‘zi ham partiya ham bazm ma’nosida keladi. Shunda reperning partiyasi “Tug‘ilgan kun partiyasi” yoki “Tug‘ilgan kun bazmi” degan ma’noni anglatadi).

Eslatib o‘tamiz, Kanye Uest 5-iyul kuni prezidentlik saylovlarida qatnashishga qaror qilganini e’lon qildi. SpaceX asoschisi va Tesla rahbari Ilon Mask repperni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.

2020-yil aprel oyida reper Kanye Uest moliyaviy hisobotlarini e’lon qilgandan so‘ng milliarderga aylangandi. Iyun oyida Forbes eng ko‘p haq to‘lanadigan mashhurlar reytingini e’lon qilgan, unda Uest Kayli Jennerdan keyin 170 million dollar bilan 2-o‘rinni egallagandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2020, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 68) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют