» » Samarqand davlat tibbiyot institutiga 18 ming dollar evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni vada qilgan shaxs qo‘lga olindi

Samarqand davlat tibbiyot institutiga 18 ming dollar evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni vada qilgan shaxs qo‘lga olindi


Samarqand viloyatida yashovchi 3 nafar fuqaroni Samarqand davlat tibbiyot institutiga 18 000 AQSh dollari evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi, deb “Daryo”ga xabar beradi Davlat xavfsizligi xizmati.

Qayd etilishicha, Samarqand viloyati Urgut tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida ishlovchi shifokor Samarqand davlat tibbiyot institutidagi yuqori lavozimli tanishlari orqali 3 nafar fuqaroni mazkur oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan. Shaxs 18 ming AQSh dollari olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tezkor tadbir davom ettirilib, uning hamtovog‘i bo‘lgan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand filiali shifokori ham qo‘lga olindi.

Hozirda aniqlangan holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari doirasida ushbu noqonuniy ishlarga aloqador bo‘lgan shaxslarni aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют