» » Lionel Messi: Agar shu yo‘sinda o‘ynashda davom etsak, “Napoli”ga ham yutqazamiz

Lionel Messi: Agar shu yo‘sinda o‘ynashda davom etsak, “Napoli”ga ham yutqazamiz


“Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messi La Liga 37-turi doirasida “Osasuna”ga qarshi kechgan bahsdagi (1:2) mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“ “Roma”, “Liverpul”... Muxlislarning sabri tugayapti, chunki biz ularga hech narsa bermayapmiz.

Agar Chempionlar Ligasida kurashni davom ettirishni istasak, ko‘p narsa o‘zgarishi kerak. Agar shu ketishda davom etsak, u holda “Napoli”ga ham yutqazamiz”, — deydi Messi.

“Barselona” avgust oyida Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 final javob bahsi doirasida “Napoli” bilan o‘ynaydi. Ushbu jamoalarning Neapoldagi ilk to‘qnashuvi 1:1 hisobi bilan yakunlangandi.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” La Liga 2019/20-yilgi mavsumi chempionligini “Real”ga boy berib qo‘ydi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют