» » Orient Finans banki BankExpo 2017 da innovatsion ishlanmalar bilan qatnashdi

Orient Finans banki BankExpo 2017 da innovatsion ishlanmalar bilan qatnashdi


BankExpo 2017 bank xizmatlari, texnologiyalari va uskunalarining o‘ninchi yubiley milliy ko‘rgazmasi ikki kunga respublikamizning barcha tijorat banklarini mahsulot va xizmatlar ekspozitsiyasiga to‘pladi.

Orient Finans banki ko‘rgazmada bir qator yangi interaktiv ishlanmalarni taqdim etdi:

Ko‘rgazmaga tashrif buyurganlar bankning barcha yangi ishlanmalari ishini bank stendida joylashtirilgan sensorli displeylarda sinab ko‘rish imkoniga ega bo‘ldilar. Yangi interaktiv xizmatlarni ishlab chiqishda qatnashgan bank xodimlari mehmonlarga maslahatlar berdilar, ularga o‘z ko‘zlari bilan yangiliklarning qulaylik, tezkorlik va axborotlilik darajasidan amin bo‘lishlariga yordam berdilar. Ko‘rgazma ishtirokchilarining alohida diqqatini jismoniy shaxslar uchun yaratilgan mobil ilova jalb qildi.

Orient Finans Mobile — jismoniy shaxslar uchun universal mobil ilova

Orient Finans Mobile ilovasi bankda ochilgan barcha hisobvaraqlarni boshqarishning yagona markazi sifatida jismoniy shaxslar uchun yaratilgan.

Endilikda mijoz Orient Finans Mobile ilovasini yuklab olib, o‘zining milliy va xorijiy valyutadagi barcha mablag?laridan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi.

Ilovaning joriy versiyasida so‘m va valyutadagi kartalar va depozit hisobvaraqlar balansi monitoringi, bitta kartadan ikkinchi kartaga pul o‘tkazish, hisobvaraqlar bo‘yicha barcha harakatlar statistikasidan foydalanish imkoni mavjud.

Hozirda ilovani Android tizimi foydalanuvchilari GooglePlay orqali yuklab olishlari mumkin, yaqin kunlarda iOS AppStore foydalanuvchilari uchun ham foydalanish imkoni paydo bo‘ladi.

OFB Mobile Business — korporativ mijozlar uchun mobil ilova

Bu bank ofisiga kelmasdan onlayn rejimida kompaniyaning pul operatsiyalarini nazorat qilish va boshqarish bo‘yicha qulay tizimdir. Ilova oson foydalanish imkonini beruvchi interfeysga ega bo‘lib, u bank hisobining asosiy bo‘limlaridan iborat.

MasterCard shaxsiy kabineti

Bank saytida ro‘yxatdan o‘tib, Siz funksionaldan foydalanishingiz mumkin va u istalgan vaqtda har qaysi mamlakatda bo‘lganda kartalarni boshqarish, o‘z kartalari bo‘yicha mablag?lar harakatini onlayn rejimida kuzatib borish va bu ma’lumotlarni jadval ko‘rinishida chop etish, kartani amaldagi vaqt rejimida blokka solish va blokdan chiqarish imkonini beradi.

@ofb_bot

Keng ommaga ekspress-axborotni taqdim qilish uchun Telegram messenjerida BOT ishlab chiqilgan, u foydalanuvchilarning topshiriqlariga avtomatik tarzda javob qaytaradi hamda bankning ish rejimi va xizmatlari to‘g‘risida axborot beradi. Orient Finans bankining boti bilan muloqot qilish uchun Telegramga kirib qidirish satrida @ofb_bot terish yetarli.

Seyf yacheykalarni onlayn rejimida band qilish

Orient Finans banki seyf yacheykalarni online rejimida band qilish tizimini joriy etdi. Har qaysi xohlovchi bank saytiga kirishi, seyfning kerakli o‘lchamlarini tanlab olishi, band qilish uchun uch kun davomida amal qiladigan buyurtmani to‘ldirishi va yuborishi mumkin. Shundan so‘ng mijoz bankka kelganida o‘z boyliklarini oldindan rasmiylashtirilgan seyf yacheykasiga joylashtirib qo‘yishi mumkin. Hozirgi paytda bank tomonidan yacheykalar ijara haqini sayt va Orient Finans Mobile mobil ilovasi orqali to‘lash imkoni ishlab chiqilmoqda.

Bank ko‘rgazmaning yosh mehmonlarini unutmasdan, ular uchun mantiq va asosiy iqtisodiy tushunchalarni bilish bo?yicha qiziqarli test savollarini ishlab chiqdi. Sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan stend mehmonlari esdalik sovg?alar va yig?ilganlarning olqishlariga sazovor bo‘ldilar.

Ko‘rgazma ishtirokchi va mehmonlarga yangi axborot olish, bank sohasining yutuqlari va rivojlanish istiqbollari bilan batafsil tanishib chiqish, shuningdek yangi aloqalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yaxshi imkon berdi.

Reklama huquqi asosida

Опубликовано: admin (25-04-2017, 08:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют