» » Xitoyda so‘nggi sutkada 10 kishida, Janubiy Koreyada esa 60 kishida koronavirus aniqlandi

Xitoyda so‘nggi sutkada 10 kishida, Janubiy Koreyada esa 60 kishida koronavirus aniqlandi


Xitoyda so‘nggi sutkada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 10 ta va kasallik belgisiz o‘tayotgan 5 ta holat aniqlandi, bemorlarning 18 nafari sog‘aydi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasiga tayanib.

Qayd etilishicha, aniqlangan yangi kasallanish holatining biri mamlakatning o‘zida, qolgan 9 tasi chetdan yuqtirilgan.

Mamlakatda umumiy hisobda 83 622 kishi koronavirusga chalingan, ularning 78 737 nafari sog‘aygan, 4634 nafar bemor COVID-19 qurboniga aylangan. Kasalxonada 251 kishi davolanishda qolmoqda.

Shuningdek, Xitoyda kasallik belgisiz o‘tayotgan 5 ta holat aniqlangan. Shunday kishilarning yana 104 nafari kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Janubiy Koreyada esa sutka davomida 60 kishi koronavirusga chalingani qayd etilib, kasallanganlarning umumiy soni 13 672 nafarga yetdi.

Mamlakatda kasallanish holatlari yana oshdi. 16-iyul kuni 61 kishi, 15-iyul kuni 39 kishi, 14-iyul kuni 33 kishi koronavirusga chalingani qayd etilgandi.

Aniqlangan yangi kasallanish holatlarining 39 tasida virus chetdan yuqtirilgan. Shundan 25 tasi aeroportlar va dengiz stansiyalarida mamlakatga kelganlar orasida aniqlangan.

Jons Hopkins ma’lumotlariga ko‘ra, sutka davomida 64 kishi sog‘ayib, tuzalganlarning umumiy soni 12 460 nafarga, virus qurbonlari soni 4 kishiga oshib, 293 nafarga yetdi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston fuqarolarining Janubiy Koreyaga kirish tartibi qat’iylashtirilishi mumkin



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 69) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют