» » Sayyoradagi eng qimmatbaho ayollar liboslari (foto)

Sayyoradagi eng qimmatbaho ayollar liboslari (foto)


Mashhur Dior va Dolce & Gabbana bendlarining kolleksiyalaridan o‘rin olgan bir necha ong ming dollar deb baholanadigan oqshom liboslari narxi, quyidagi liboslar narxi bilan solishtirilganda hech qancha emasdek tasavvur uyg‘otadi.

“Abaya”

Narxi 17,6 million dollarni tashkil qiladigan mazkur libos, britaniyalik dizayner Debbi Vingxem tomonidan taqdim qilingan. Arab shayxi buyurtmasiga asosan tikilgan, “Abaya” deb nomlangan ushbu libos, 2 ming dona noyob oq, qora, qizil brilliantlar bilan bezalgan.

Kats va Shtrausning kelinlik libosi

2006-yilda, to‘y liboslari dizayneri Martin Kats va zargar Rene Shtraus eng qimmat kelinlik libosini yaratishga qaror qilgan. Brilliantlar bilan bezatilgan, to‘y liboslari ko‘rgazmasi uchun maxsus tikilgan libos narxi 12 million dollarni tashkil qiladi.

“Kuala-Lumpur bulbuli”

2009-yilda malayziyalik dizayner Abdul Fayzi tomondan tikilgan va “Kuala-Lumpur bulbuli” deb atalgan ushbu libos asosini, shoyi va tafta tashkil qiladi. 70 karatli bitta yirik va 750 dona mayda brilliantlar bilan bezatilgan libos narxi 30 million dollar deb baholangan.

Merilin Monro kiygan libos

XX asr go‘zallik timsollaridan biri bo‘lgan Merilin Monroning kiygan libosi 2011-yilda o‘tkazilgan auksionda 4,6 millionga sotilgan.

Aktrisa, Jon Kennediga atab “Happy birthday” qo‘shig‘ini kuylaganida kiygan uzun, qaddi qomatni aks ettiradigan libosi esa 1,5 millionga xarid qilingan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют