» » Lionel Messi: “Real”ning chempion bo‘lishi uchun biz ham yordam berib yubordik

Lionel Messi: “Real”ning chempion bo‘lishi uchun biz ham yordam berib yubordik


“Barselona” hujumchisi Lionel Messi “Real”ning Ispaniya chempionatidagi g‘alabasi haqida gapirdi.

“Madridliklar o‘z ishini bajardi. Mavsum qayta tiklanganidan keyin birorta ham o‘yinda yutqazmaslik munosib natija sanaladi. Ularning chempion bo‘lishi uchun biz ham yordam berib yubordik.

“Barselona” o‘zini o‘zi tahlil qilishi kerak, bu — birinchi navbatda o‘yinchilardan boshlanishi lozim. Biz “Barselona”miz va har bir o‘yinda g‘alaba qozonishimiz shart. Yutishimiz kerak bo‘lgan o‘yinlarda ochko yo‘qotdik”, — deydi Messi.

“Real” Ispaniya La Ligasining 37-turida “Vilyarreal”ni mag‘lubiyatga uchratib (2:1) chempionlikni qo‘lga kiritdi. “Barselona” esa mazkur turda o‘z maydonida “Osasuna”ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi (1:2). Leo esa jamoasining yagona goliga jarima zarbasini aniq amalga oshirgan holda mualliflik qildi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют