» » Buyuk Britaniyada bemorni kasalxonadan chiqarishni to‘rt yilga kechiktirishdi

Buyuk Britaniyada bemorni kasalxonadan chiqarishni to‘rt yilga kechiktirishdi


Uelsdagi kasalxonalardan birida “jiddiy ruhiy holatda” bo‘lgan va jismoniy xususiyatga ega muammolardan azob chekuvchi bemor 3,5 yil (1338 kun) davolandi. 2017-yil yanvar holatiga ko‘ra, ismi oshkor etilmayotgan bemor palatada yana olti oy qolishi kerak bo‘lgan, deb yozadi TJournal.

O‘sha vaqtda Uels shaharlarida uch oydan ortiq muddatli “kasalxonadan chiqarilishi kechiktirilishi” bilan bog‘liq yana bir nechta holatlar kuzatildi. Independent nashri ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu yetti bemordan ikki nafari kasalxonalarda eng ko‘p muddat qolgan — ular tegishli ravishda 589 va 583 kun vaqt o‘tkazgan.

20-aprel kuni Uels hukumati vakili bemorlarning “kasalxonadan chiqarilishi kechiktirilishi” bilan bog‘liq holatlar so‘nggi 12 yil ichidagi eng past ko‘rsatkichga tushganini ma’lum qildi. Ammo Sog‘liqni saqlash milliy tizimi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi yetti yil ichida kasalxonada o‘tkazilgan kunlar ikki marta ko‘paygan va oyiga 200 ming kunga yetgan.

Kasalxonada o‘tkazilgan bir kun Sog‘liqni saqlash milliy tizimi tomonidan 400 funt (taxminan 508 dollar)ga baholandi. Shu tariqa, Independent ro‘yxatida ko‘rsatilgan yetti kishini kasalxonada saqlashga Britaniya budjetidan bir yarim million funtga yaqin mablag‘ sarflangan.

Опубликовано: admin (25-04-2017, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют