» » David de Xea afsonaviy Peter Shmeyxelning rekordini takrorladi

David de Xea afsonaviy Peter Shmeyxelning rekordini takrorladi


“Manchester Yunayted” darvozaboni David de Xea Premyer Liganing 36-turi doirasida o‘tkazilgan “Kristal Pelas”ga qarshi uchrashuvda (2:0) o‘z darvozasidan to‘p o‘tkazib yubormadi.

Bu ispaniyalik posbon uchun APLdagi (“Manchester Yunayted” safida) 112-quruq o‘yin bo‘ldi. De Xea ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha afsonaviy Peter Shmeyxelga yetib oldi. Shmeyxel bu ko‘rsatkichga erishish uchun 252 ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa, de Xeaga 311 ta o‘yin kerak bo‘ldi.

Kuchli uchlikni Edvin van der Sar (90) yakunlab bergan, to‘rtinchi va beshinchi o‘rinlardan esa Fabyen Bartez (30) va Roy Kerroll (24) joy olgan.

De Xea 2011-yildan beri “qizil iblislar” sharafini himoya qilib keladi. Ushbu mavsumda u Angliya chempionatining 36 ta o‘yinida maydonga tushib, shulardan 10 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Mavzuga doir: David de Xea “Manchester Yunayted” rekordchisiga aylandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют