» » Lionel Messi 2019/20-yilgi mavsumda jarima zarbasidan eng ko‘p gol urgan futbolchi bo‘lib turibdi

Lionel Messi 2019/20-yilgi mavsumda jarima zarbasidan eng ko‘p gol urgan futbolchi bo‘lib turibdi


Kataloniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messi Ispaniya La Ligasining 37-turidan o‘rin olgan bahsda “Osasuna” darvozasiga jarima zarbasidan gol urdi.

Opta’ning xabariga ko‘ra, bu Messining Ispaniya chempionati doirasida joriy mavsumda jarima zarbasidan urgan 5-goli bo‘ldi. Qayd etish joiz, argentinalik hujumchi 2019/20-yilgi mavsumda Yevropa kuchli beshlik chempionatlaridagi eng yaxshi natijani qayd etmoqda.

Shu bilan birga 33 yoshli forvard so‘nggi besh mavsumning to‘rttasida (2016/17-yilgi mavsumdan tashqari) jarima to‘plaridan unumli foydalanish bo‘yicha yetakchilik qilmoqda. Faqat 2015/16-yilgi mavsumda futbolchisi Dani Parexo va Miralem Pyanich u bilan bir xil natija qayd etgan.

2003-yildan buyon Kataloniya klubida to‘p surayotgan Messi hozirgacha jamoasi bilan 34 ta sovringa ega chiqqan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют