» » Bunyodkor himoyachisi Islomjon Qobilovning koronavirusga chalingani malum qilindi

Bunyodkor himoyachisi Islomjon Qobilovning koronavirusga chalingani malum qilindi


Coca-Cola Superliga 9-turi doirasida 14-iyul kuni bolib otishi rejalashtirilgan Buxoro Bunyodkor uchrashuvi bekor qilingandi.

Boisi Bunyodkor futbolchilaridan biri koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlikda gumon qilingandi. Klub bosh direktori Ulugbek Mirzayevning Kun.uzga malum qilishicha, jamoa himoyachisi Islomjon Qobilov koronavirusga chalingani tasdiqlangan.

7-iyul kungi Superliga doirasidagi Navbahor bilan oyin oldidan futbolchilarimizdan birida harorati kotarilib, isitma kuzatildi. Lekin oyinga 2 kun qolganida futbolchi ozini yaxshi his qilayotganini murabbiylar shtabiga aytdi, shaxsan ozim ham gaplashdim. Shu bois u Navbahorga qarshi oyinda maydonga tushdi. Gap jamoamiz himoyachisi Islomjon Qobilov haqida ketayapti.

Oyin yakunidan keyin baribir test topshirish kerakligi haqida qarorga keldik va 9-iyul kuni Islomjon Qobilov test topshirdi. 12-iyul kuni esa test javobida uning virus yuqtirib olgani malum boldi. Shunga qaramay, shifokorlar va infeksionistlar klub qarorgohida bolib, futbolchimizni tekshiruvdan otkazishdi va ularning aytishicha bu virus olib yuruvchi shaxs emas. Qobilovdagi virus alomatlari juda yengil ekanligi tufayli isitmasi ham pasaygan. Futbolchiga 4-5 kun davolanish tavsiya qilindi.

Shunga qaramay, klub va qarorgohimizdagi jami 65 nafar kishini test topshirishga undadik. 20 nafar futbolchimiz boyicha javoblar malum boldi, ulardan hech birida virus alomatlari yoq. Tez orada xodimlarimizning ham topshirgan test javoblari beriladi. Umid qilamanki, hech kimda infeksiya aniqlanmaydi. Hammasi yaxshi bolsa, biz bu malumotlarni PFLga taqdim etamiz. Ruxsat berilgach, Superliga doirasidagi Metallurgga qarshi oyinga tayyorgarlikni boshlaymiz, deydi Ulugbek Mirzayev.

Qayd etish joiz, Bunyodkor bilan oyindan song Navbahor futbolchilari ham koronavirus uchun test topshirgan va ularning hech birida infeksiya aniqlanmagan edi.

Eslatib otamiz, Pro-Liga 3-turi doirasida 15-iyul kuni Xorazmda bolib otishi kerak bolgan XorazmDinamo uchrashuvi bekor qilindi. Xorazmliklar safida bir necha futbolchini ozini yaxshi his qilmayotgani, Dinamo uch nafar futbolchisi esa koronavirusga chalinganlikda gumon qilinmoqda.

Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @Daryo_Sport24ga obuna boling!



Manba: Daryo.uz
: admin (17-07-2020, 16:11)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
:
-
:
20 ... -