» » Shahboz Umarov BATE futbolchisiga aylandi. U bir necha kun oldin aynan ushbu klubga 35 metrdan gol urgandi

Shahboz Umarov BATE futbolchisiga aylandi. U bir necha kun oldin aynan ushbu klubga 35 metrdan gol urgandi


Belarusning “Energetik-BGU” klubida ijara asosida harakat qilayotgan o‘zbekistonlik yarim himoyachi Shahboz Umarov faoliyatini BATEda davom ettiradi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, 21 yoshli futbolchi yozgi transfer oynasining ikkinchi davrasida (15–28-sentabr) BATE safiga qo‘shilishi mumkin. Agar klub ushbu imkoniyatdan foydalanmaslikka qaror qilsa, futbolchi kelasi yilning 1-yanvar sanasidan yangi jamoasida to‘p surishi mumkin bo‘ladi.

Ma’lumot o‘rnida, Umarov 1999-yil 9-mart sanasida Bo‘ka shahrida tug‘ilgan. U Toshkentning “Paxtakor” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Professional faoliyatini Olmaliqning OKMK klubida boshlagan.

Umarov Belаrus chempionating ortda qolgan o‘yinlarida o‘z nomiga 2 ta golni rasmiylashtirib qo‘yishga ulgurdi. Bitta golini esa aynan BATE darvozasiga urgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Energetik-BGU” safida to‘p surgan yana bir o‘zbekistonlik futbolchi Jasur Yaxshiboyev ham jamoasini o‘zgartirgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют