» » Rossiyada koronavirusdan vafot etganlar soni 12 ming nafardan oshdi

Rossiyada koronavirusdan vafot etganlar soni 12 ming nafardan oshdi


Rossiyada koronavirus epidemiyasi boshlanganidan buyon kasallik tasdiqlanganlarning 12 123 nafari vafot etdi. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtabning 17-iyul, juma kungi ma’lumotlariga tayanib Meduza xabar bermoqda.

Xususan, so‘nggi sutkada kasallik tasdiqlanganlarning 186 nafari vafot etgan. Sutka davomida 6406 kishida koronavirus qayd etilgan. Bir kun avval bu ko‘rsatkich 6428 nafarni tashkil etgandi.

Mamlakatda epidemiya boshlanganidan buyon umumiy hisobda 759 203 kishi kasallangan. Aksariyat kasallanish holati Moskva shahrida (575 kishi), Sverdlov viloyatida (301 kishi) va Xanti-Mansiysk avtonom okrugida (225 kishi) qayd etilgan.

Rossiyada so‘nggi sutkada koronavirus bemorlarining 7681 nafari, umumiy hisobda esa 539 373 nafari sog‘aygan.

“Rospotrebnadzor” bergan ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda koronavirusni aniqlash bo‘yicha so‘nggi bir sutkada 311 mingta test o‘tkazilgan bo‘lsa, shu paytga qadar o‘tkazilgan testlar soni 24,3 milliontaga yetgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2020, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют