» » O‘zbekistonda 6 oy davomida 81,7 mlrd so‘m budjet mablag‘lari noqonuniy sarflangani aniqlandi

O‘zbekistonda 6 oy davomida 81,7 mlrd so‘m budjet mablag‘lari noqonuniy sarflangani aniqlandi


Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan 2020-yilning I yarim yilligida 2 584 ta moliyaviy nazorati tadbirlari o‘tkazildi. Natijada 81,7 milliard so‘m miqdoridagi budjet pullari noqonuniy sarflangani aniqlandi, deb xabar berdi Moliya vazirligi matbuot xizmati.

Moliyaviy nazorat tadbirlarining asosiy qismi 2010 tasi yoki 79 foizi budjet mablag‘larini maqsadli ishlatilishi yuzasidan o‘tkazilgan bo‘lib, nazorat tadbirlarida 81,7 milliard so‘m miqdorida budjet intizomini buzish, pul va tovar moddiy boyliklar kamomadi kabi holatlar aniqlandi.

Ta’kidlanishicha, nazorat tadbirlari davomida ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida noqonuniy sarflangan mablag‘larning 57,4 milliard so‘mi (70%) budjetga qaytarilgan.

Hisobot davrida aniqlangan qonun buzilish holatlari va boshqa xato-kamchiliklarning tahlili vazirliklar bo‘yicha quyidagilarni tashkil etdi:

Xalq ta’limi vazirligi tizimida o‘tkazilgan 297 ta nazorat tadbirlarining 235 tasida 21,5 milliard so‘m miqdorida qonun buzilish holatlari aniqlanib, 2019-yilning mos davriga (9 milliard so‘m) nisbatan qonun buzilish holatlari 2,5 martaga oshgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida o‘tkazilgan 285 ta nazorat tadbirlarining 205 tasida 14,1 mlrd so‘m miqdorida qonun buzilish holatlari aniqlanib, 2019-yilning mos davriga (6,1 milliard so‘m) nisbatan qonun buzilish holatlari 2,3 martaga oshgan.

Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimida o‘tkazilgan 151 ta nazorat tadbirlarining 119 tasida 6,9 mlrd so‘m miqdorida qonun buzilish holatlari aniqlanib, 2019-yilning mos davriga (4,3 milliard so‘m) nisbatan qonun buzilish holatlari 1,4 martaga oshgan.

Madaniyat vazirligi tizimida o‘tkazilgan 170 ta nazorat tadbirlarining 162 tasida 2,6 mlrd so‘m miqdorida qonun buzilish holatlari aniqlanib, 2019-yilning mos davriga (1,4 milliard so‘m) nisbatan qonun buzilish holatlari qariyb 2 martaga oshgan.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimida o‘tkazilgan 168 ta nazorat tadbirlarining 154 tasida 2 mlrd so‘m miqdorida qonun buzilish holatlari aniqlanib, 2019-yilning mos davriga (0,5 milliard so‘m) nisbatan qonun buzilish holatlari 3,4 martaga oshgan.

Suv xo‘jaligi vazirligi tizimida o‘tkazilgan 33 ta nazorat tadbirlarining 29 tasida 1,4 milliard so‘m miqdorida qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tizimida o‘tkazilgan 18 ta nazorat tadbirlarining 15 tasida 0,9 milliard so‘m miqdorida qonun buzilish holatlari aniqlanib, 2019-yilning mos davriga (0,4 milliard so‘m) nisbatan qonun buzilish holatlari 2 martaga oshgan.

Bundan tashqari, hokimiyatlar huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalarida o‘tkazilgan 85 ta nazorat tadbirlarining 78 tasida 4 mlrd so‘m miqdorida qonun buzilish holatlari aniqlanib, 2019-yilning mos davriga (2,8 milliard so‘m) nisbatan qonun buzilish holatlari 1,4 martaga oshgan.

Shuningdek, yirik miqdorda qonun buzilish holatlari Andijon (8,9 mlrd.so‘m), Qashqadaryo (8,2 milliard so‘m), Toshkent (6,2 milliard so‘m), Jizzax (5,5 milliard so‘m), Surxondaryo (5,4 milliard so‘m), Namangan (4,6 milliard so‘m), Farg‘ona (4,4 milliard so‘m) viloyatlari hamda Toshkent shahri (7,9 milliard so‘m) va Qoraqalpog‘iston Respublikasi (5,5 milliard so‘m)dagi byudjetdan mablag‘ oluvchi tashkilotlarda aniqlangan.

Byudjet qonunchiligi buzilgan byudjetdan mablag‘ oluvchi tashkilotlarning 47 nafar rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari o‘rnatilgan tartibda 35 million so‘m miqdorida jarima tortilgan.

Shuningdek, 1 246 ta nazorat tadbirlarida aniqlangan 79,4 milliard so‘mlik qonun buzilish holatlari qonuniy choralar ko‘rish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют