» » LG o‘zini bakteriyalardan tozalash funksiyasiga ega simsiz naushniklarni 149 dollardan sotuvga chiqardi

LG o‘zini bakteriyalardan tozalash funksiyasiga ega simsiz naushniklarni 149 dollardan sotuvga chiqardi


LG kompaniyasi keysiga kichik ultrabinafsha lampalar o‘rnatilgan noodatiy simsiz naushniklarni sotuvga chiqardi, deb xabar beradi “Hi-Tech.Mail.ru”.

LG Tone Free HBS-FN6 — bu to‘liq simsiz klassik naushnik (TWS). U ultrabinafsha lampalar yordamida naushniklarni tozalovchi qo‘shimcha funksiyaga ega. Kompaniyaning ma’lum qilishicha, bu naushnik dinamiklaridagi bakteriyalarni 99,9 foizga yo‘q qila oladi.

Mazkur yangilik koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, biroq ultrabinafsha unga nisbatan juda ham samarali emas. Shu sababli ushbu funksiya shaxsiy gigiyena yo‘lida kerak.

LG Tone Free naushniklari bir marta quvvatlanish orqali 6 soat ishlay oladi, keys esa qo‘shimcha 12 soatga yetadigan quvvat beradi. Ultrabinafsha lampa uning avtonomligiga ta’sir ko‘rsatmaydi.

LG simsiz naushniklari AQShda 149 dollardan sotuvga chiqqan.

Avvalroq McLaren kompaniyasi karbon korpusli simsiz naushniklarini taqdim etgan edi.

Mavzuga doir: Samsung Galaxy Buds Live: Loviya shaklidagi naushniklar surati taqdimotdan oldin tarqalib ketdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют