» » “Qo‘limizda aniq ma’lumot yo‘qligi tufayli qarorlarimiz natija bermayapti” — Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi kurash muammolari haqida

“Qo‘limizda aniq ma’lumot yo‘qligi tufayli qarorlarimiz natija bermayapti” — Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi kurash muammolari haqida


Prezident Shavkat Mirziyoyev 17-iyul, juma kuni bo‘lib o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida mamlakatda koronavirusga qarshi kurashda belgilangan choralar nima sababdan yetarli natija bermayotganini aytdi.

Yig‘ilishda koronavirusga qarshi kurash borasida eng katta mas’uliyat hokimlar va sektorlar rahbarlari zimmasida ekani yana bir bor eslatib o‘tildi. Buning uchun ularda o‘z hududlaridagi mavjud vaziyat haqida to‘liq va haqqoniy ma’lumotlar bo‘lishi, ular har kuni, har soatda yangilanib borishi kerakligi ta’kidlandi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev: “Kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi, degan gap aynan mana shu koronavirus haqida aytilgan”

“Hokimlar, sektor rahbarlarining, barcha mutasaddi va mas’ullarning miyasi soat mexanizmidek kun-u tun, aniq va bexato ishlashi lozim. Afsuski, biz ko‘pincha mana shu masalalarda oqsayapmiz. Qo‘limizda aniq ma’lumot, asoslangan tahliliy materiallar yo‘qligi tufayli qabul qilgan qarorlarimiz kutilgan natijani bermayapti. Bu masalada qanday yordam zarur bo‘lsa, marhamat, aytinglar, barchasini hal qilamiz. Chunki maqsad bitta: tezroq bu balodan qutulib, iqtisodiyotimizni, ijtimoiy hayotimizni to‘liq tiklab olishimiz kerak”, — dedi davlat rahbari.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 14-iyul kuni har bir viloyatdagi to‘rtta sektor rahbarlariga hududlarda koronavirusga qarshi kurash masalasida choralar ko‘rish va uch oylik dori zaxirasini yaratish, dorixonalarda narxlar oshishining oldini olish bo‘yicha topshiriq bergandi.

Shuningdek, Prezident 15-iyul kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yomonlashgani sababli Toshkent shahri va viloyati rahbarlarini tanqid qilgandi va hududdagi og‘ir vaziyatdan chiqib ketish birinchi rahbarga bog‘liq ekanligini ta’kidlagandi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasining ikkinchi to‘lqini kechayotgani rasman tan olindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 48) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют