» » “Manchester Yunayted” so‘nggi 10 yillikdagi eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etdi

“Manchester Yunayted” so‘nggi 10 yillikdagi eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etdi


“Manchester Yunayted” klubi Angliya Premyer Ligasining 36-turida “Kristal Pelas”ni mag‘lubiyatga uchratdi (2:0).

Ole-Gunnar Sulsher qo‘l ostidagi jamoa barcha musobaqalarda ketma-ket 19 o‘yindan buyon mag‘lubiyat nimaligini bilmayapti (14 g‘alaba, 5 durang).

Bu esa “Manchester Yunayted” uchun 2010-yildan keyingi eng uzun mag‘lubiyatsiz seriya hisoblanadi. O‘shanda Aleks Fergyuson boshchiligidagi jamoa apreldan noyabr oyiga qadar ketma-ket 29 o‘yinda mag‘lub bo‘lmagandi.

“Manchester Yunayted” keyingi o‘yinni 19-iyul, yakshanba kuni o‘tkazadi. Jamoa Angliya Kubogi yarim finalida “Chelsi” bilan o‘ynaydi.

“Manchester Yunayted” Angliya chempionatining 36-turidan keyin 62 ochko bilan 5-o‘rinni egallab turibdi. Sulsher jamoasi “Lester”dan qo‘shimcha ko‘rsatkichlar borasida, “Chelsi”dan esa bir ochko ortda qolmoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют