» » Shavkat Mirziyoyev 2020-yil oxirigacha 2,5 mln iste’molchini ichimlik suvi tarmog‘iga ulash bo‘yicha topshiriq berdi

Shavkat Mirziyoyev 2020-yil oxirigacha 2,5 mln iste’molchini ichimlik suvi tarmog‘iga ulash bo‘yicha topshiriq berdi


Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 17-iyul, juma kuni hududlarda ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimini yaxshilash, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, so‘nggi ikki yilda ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya sohasiga budjetdan 3,7 trillion so‘m ajratilgan. Bundan tashqari, 48 ta loyihaga 1,9 milliard dollar xorijiy kreditlar jalb qilingan.

Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, uch yil ichida 3,6 million aholiga suv yetkazish rejalashtirilib, mablag‘ masalasi hal qilib berilgan bo‘lsa-da, barcha muammolar oxirigacha o‘z yechimini topmagan.

Loyihalarni tanlashda joylardagi holat, aholining talabi va mavjud suv manbalari to‘liq o‘rganilmayapti. Kredit qaytimi budjet zimmasiga tushayotgani tarmoq va hudud rahbarlarini jiddiy o‘ylantirishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Davlat rahbari loyihalarni amalga oshirish va xorijiy kreditlarni qaytarishdagi muammolarni ko‘rsatib, yangi qurilgan suv tarmoqlaridan to‘liq foydalanish, kelgusi yildan boshlab barcha loyihalarda ichimlik suvini xonadonlargacha ulash zarurligini ta’kidladi.

Iste’molchilar suv tarmog‘iga ulanmagani sababli daromadlar olinmayotgani uchun mas’ul rahbarlarning ishi tanqid qilinib, “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyatiga yil yakuniga qadar jami 2,5 million iste’molchini tarmoqqa ulash vazifasi qo‘yildi.

Mavzuga doir: Jahon banki O‘zbekistonda suv ta’minoti tizimini rivojlantirish uchun qariyb 240 mln dollar ajratadi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют