» » “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan 30 mingta muhtoj oila kuz-qish mavsumida oziq-ovqat va dori-darmon bilan ta’minlanadi

“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan 30 mingta muhtoj oila kuz-qish mavsumida oziq-ovqat va dori-darmon bilan ta’minlanadi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 17-iyul, juma kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida uy-joylar, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda shirkatlarning muammoli qarzdorligini qisqartirish, ko‘p qavatli uylar boshqaruvini servis kompaniyalariga berish tajribasini kengaytirish muhimligi ta’kidlandi. Kuz-qish mavsumida uzoq hududlarga ko‘mir va suyultirilgan gazni kafolatlangan tarzda yetkazib berish masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi.

Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, takroriy ekinlarni ko‘paytirib, ularni xarid qilish va g‘amlash chora-tadbirlari belgilandi.

Kam ta’minlangan oilalar ahvoliga alohida e’tibor qaratish, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 30 mingta muhtoj oilani kuz-qish mavsumi uchun zarur oziq-ovqat va dori-darmon zaxirasi bilan ta’minlash yuzasidan topshiriqlar berildi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют