» » O‘zbekistonda ichimlik suvi narxlarini tasdiqlash viloyat kengashlari deputatlari vakolatiga o‘tkaziladi

O‘zbekistonda ichimlik suvi narxlarini tasdiqlash viloyat kengashlari deputatlari vakolatiga o‘tkaziladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 17-iyul, juma kuni hududlarda ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimini yaxshilash, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev ichimlik suvi ta’minoti sohasida loyihalarni ishlab chiqishdan tortib, ishga tushirishgacha bo‘lgan jarayonni monitoring va nazorat qiladigan, natijadorlikka soha mutasaddilari bilan birga hokimlar ham javob beradigan tizim yaratish lozimligini ko‘rsatib o‘tdi.

Buning uchun hududiy suv ta’minoti korxonalarida kuzatuv kengashlari tuzilib, ularga viloyat hokimlarining shaxsan o‘zlari rahbarlik qiladi. Hokimlar loyihalar sifatli bajarilishiga, mablag‘ning maqsadli sarflanishiga va olingan kredit qaytimiga bir xilda javob beradi. “O‘zsuvta’minot” AJ loyihalarni har bir hududning o‘ziga xosligidan kelib chiqib, hokimlar va aholi bilan maslahatlashib shakllantiradi.

Har bir loyihaning borishi viloyat va tuman kengashlari deputatlari tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganib boriladi. Ichimlik suvi tariflarini tasdiqlash ham xalq deputatlari viloyat kengashlari vakolatiga o‘tkaziladi.

Sohada loyihalashtirish ishlarini to‘liq qayta ko‘rib chiqish maqsadida Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasiga suv va kanalizatsiya tizimini rivojlantirish sxemasini hududlar bosh rejalari hamda ichimlik suvi manbalariga uzviy bog‘lagan holda ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.

mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev 2020-yil oxirigacha 2,5 mln iste’molchini ichimlik suvi tarmog‘iga ulash bo‘yicha topshiriq berdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2020, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 64) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют