» » O‘zbekistonning uzoq hududlarini kichik quyosh elektr stansiyalari yordamida suv va elektr energiyasi bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonning uzoq hududlarini kichik quyosh elektr stansiyalari yordamida suv va elektr energiyasi bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 17-iyul, juma kuni hududlarda ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimini yaxshilash, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident ichimlik suvi ta’minotida energiya tejamkor kichik loyihalarni amalga oshirish yaxshi samara berishini ta’kidladi.

Andijon viloyati Ulug‘nor tumanidagi tajriba loyihasi misol sifatida ko‘rsatildi. Unga ko‘ra, ichimlik suvi qudug‘iga 5 kilovattli quyosh elektr stansiyasi o‘rnatish orqali 2 ming nafar aholi suv bilan ta’minlanadi. 52 million so‘mlik bu loyiha yiliga 44 ming kilovatt elektr energiyasini tejash evaziga uch yilga bormay o‘zini o‘zi qoplaydi.

Markazlashgan suv manbasidan uzoq, elektr tortib borish katta xarajat talab qiladigan hududlarda shunday loyihalarni ko‘paytirish kerakligi belgilandi.

Sohada investitsiyalarni o‘zlashtirishda qoloqlikka yo‘l qo‘ymaslik uchun xalqaro moliya tashkilotlari mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan loyihalar bo‘yicha xaridlar ochiq o‘tkaziladigan va ularning ijrosini muvofiqlashtirib, samarali monitoringi yuritiladigan yangi tizim joriy qilinishi belgilandi.

Gidroinshootlarda suv o‘lchagichlar, iste’molchilarda hisoblagichlar o‘rnatish qamrovini kengaytirib, ulardagi ma’lumotlarni qayta ishlovchi raqamlashtirilgan markaz tashkil qilish bo‘yicha topshiriq berildi.

“Suv quvurlaridagi yo‘qotishlar ham ko‘p. Ba’zi joylarda ichimlik suvi sifati standartga javob bermasligi aniqlangan. Bu muammolarni hal etishda Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi faoliyati sezilmayapti”, — dedi davlat rahbari.

Shuning uchun sohaga xususiy sektorni faol jalb qilish, unga subsidiyalar ajratish va boshqa sharoitlar orqali jozibadorlikni oshirish mumkinligi qayd etildi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev 2020-yil oxirigacha 2,5 mln iste’molchini ichimlik suvi tarmog‘iga ulash bo‘yicha topshiriq berdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют