» » Toshkentda koronavirusga chalingan yunusobodlik 55 yoshli erkak hamda Toshkent tumanida yashovchi 59 yoshli fuqaro vafot etdi

Toshkentda koronavirusga chalingan yunusobodlik 55 yoshli erkak hamda Toshkent tumanida yashovchi 59 yoshli fuqaro vafot etdi


Toshkent shahrida 1-sonli shahar klinik shifoxonasida 55 yoshli A.X. ismli erkak hamda 59 yoshli B.S. ismli erkak vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilgan.

Xabarga ko‘ra, Yunusobod tumanida yashagan 55 yoshli A.X.da 5-iyul kuni COVID-19 tasdiqlangan va u 1-sonli shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan.

Shifoxonada unga COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘tkir yurak-qon tomir yetishmovchiligi, markaziy nerv sistemasi intoksikatsiyasi kabi asoratlar bilan kechgan.

Shuningdek, bemorda gipertoniya kasalligining 3-darajasi, arterial gipertenziya kabi hamroh kasalliklar bo‘lgan. Bemorga mutaxassislar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar o‘tkazilgan, davolash jarayoni belgilangan standartlar asosida olib borilgan.

So‘nggi kunlarda hamroh kasalliklar fonida kasallik asoratlari hisobiga bemorning ahvoli keskin og‘irlashgan. Shifokorlar tomonidan standartlar asosida amalga oshirilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan, u o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etgan.

Toshkent viloyati Toshkent tumanida yashagan 59 yoshli B.S.da esa 9-iyul kuni COVID-19 tasdiqlangan va u ham 1-sonli shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan.

Tibbiyot muassasasida unga COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘tkir yurak-qon tomir yetishmovchiligi, diabetik nefropatiya, surunkali buyrak yetishmovchiligi, markaziy nerv sistemasi intoksikatsiyasi kabi asoratlar bilan kechgan.

Bemorda yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, koronar qon tomirlarni stentlashdan keyingi holat (2008, 2012-yillarda), gipertoniya kabi hamroh kasalliklar bo‘lgan.

Asosiy kasallik og‘ir kechishi va asoratlari hisobiga ahvoli keskin yomonlashib, mutaxassislar tomonidan to‘liq hajmda, standart asosida o‘tkazilgan reanimatsion choralarga qaramay, bemor o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligi sababli vafot etgan.

17-iyul kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi taqdim etib kelayotgan rasmiy statistikaga ko‘ra besh nafar odam COVID-19 kasalligi oqibatida vafot etdi, shu tariqa O‘zbekistonda SSV rasman tasdiqlagan o‘limlar soni esa 80 taga yetdi.

Kun davomida SSV Toshkent shahri Sergeli tumanida yashovchi koronavirus yuqtirib olgan 62 yoshli N.A. ismli ayol o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan, Yunusobod tumanida yashovchi 48 yoshli T.Yo. ismli erkak koronavirusga chalinib, o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etgani haqida xabarlar bergan.

Shuningdek, 17-iyul kuni taniqli rejissor Sarvar Karimov Twitter’dagi sahifasida o‘zi va oila a’zolari koronavirus infeksiyasiga chalingani, otasi COVID-19’dan vafot etganini ma’lum qilgan.

Bundan tashqari Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Qonun hujjatlarini va davlat organlari qarorlarining raqobat muhitiga ta’sirini baholash boshqarmasi boshlig‘i Sanjar Abduqodirovning vafoti haqida ham xabar berilgan. Lekin qo‘mita axborot xizmati bergan xabarda uning o‘limi sababiga oydinlik kiritilmagan.

Eslatib o‘tamiz, 16-iyul kuni Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev poytaxtda joylashgan Ibn Sino nomidagi 1-sonli shahar klinik shifoxonasida bo‘lib, undagi sharoitlar bilan tanishdi hamda COVID-19 bilan xastalangan fuqarolarning oila a’zolari bilan suhbatlashgani xabar qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-07-2020, 00:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют