» » O‘zbekistonda COVID-19 yuqtirib olganlar 15 600 nafardan, kasallikdan tuzalganlar esa 9000 nafardan oshdi

O‘zbekistonda COVID-19 yuqtirib olganlar 15 600 nafardan, kasallikdan tuzalganlar esa 9000 nafardan oshdi


O‘zbekistonda 17-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 125 kishiga ko‘payib, kasallanganlarning umumiy soni 15 607 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining

Shu tariqa 17-iyul kun davomida (+133 va +283) 541 ta kasallanish holati qayd etildi.

Shu kuni Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 94 nafar, Qashqadaryo viloyatida 42 nafar, Samarqand viloyatida 34 nafar, Andijon viloyatida 30 nafar, Qoraqalpog‘istonda 13 nafar, Namangan viloyatida 6 nafar hamda Jizzax viloyatida 1 nafar, jami 220 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan tuzalgan.

O‘zbekistonda COVID-19 kasalligidan tuzalganlarning umumiy soni 9003 nafarni (57 foiz) tashkil qilmoqda.

Respublika bo‘yicha 6525 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda, deyiladi SSV xabarida.

Epidemiya boshlanganidan beri SSV taqdim etib kelayotgan rasmiy statistikaga ko‘ra O‘zbekistonda 80 nafar bemor COVID-19 asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-07-2020, 01:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют