» » Toshkentda koronavirusga chalingan 67 yoshli erkak vafot etdi

Toshkentda koronavirusga chalingan 67 yoshli erkak vafot etdi


Toshkentda koronavirusga chalingan 67 yoshli erkak o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahri Mirobod tumanida yashovchi 67 yoshli N.S.da 14-iyul kuni COVID-19 tasdiqlangan va Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan.

Unga COVID-19 infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligi bilan kechgan. Shuningdek, gipertoniya, arterial gipertenziya hamroh kasalliklari bilan ham og‘rigan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etgan.

17-iyul kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi taqdim etib kelayotgan rasmiy statistikaga ko‘ra besh nafar odam COVID-19 kasalligi oqibatida vafot etgan.

Mavzuga doir: Koronavirus bo‘yicha Call-markaz xodimi ish haqi olmasdan ishlayotgani va murojaatlarga xizmat ko‘rsatish yaxshi emasligini aytdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-07-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют