» » JCh—2014 chempioni Andre Shyurrle 29 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunladi

JCh—2014 chempioni Andre Shyurrle 29 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunladi


Germaniya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Andre Shyurrle futbolchilik faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi.

Germaniyalik futbolchi 29 yoshida butsalarini mixga ilishga qaror qilgan.

“Bu qaror uzoq vaqt mobaynida pishib yetildi. Qandaydir ishda doim ma’lum rolni bajarish zarur. Aks holda sen ishingni yo‘qotasan va yangi takliflar olmaysan”, — deydi Shyurrle.

Shyurrlening so‘nggi klubi “Borussiya D” hisoblanib, u 2016-yilda “Volfsburg”dan dortmundliklar safiga o‘tgandi. Shyurrle 2018/19-yilgi mavsumni “Fulhem”da, 2019/20-yilgi mavsumni esa Moskvaning “Spartak” klubida ijrada o‘tkazdi. Avvalroq nemis futbolchisi “Chelsi”, “Bayer” va “Mayns” kabi klublarda harakat qilgan.

Shyurrle “Chelsi” safida Angliya chempioniga aylandi, “Volfsburg”da esa Germaniya Kubogi va Superkubogi sohibi hisoblanadi. Shuningdek, u “Borussiya” bilan ham kubok musobaqasida g‘olib chiqqan. Germaniya terma jamoasida 2010—2017-yillarda faoliyat olib borgan Andre JCh—2014 chempioni hisoblanadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-07-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют