» » “Barselona” muxlislari sabr qilishlariga to‘g‘ri keladi: Kike Setyen mavsum so‘ngiga qadar klubda qoladigan bo‘ldi

“Barselona” muxlislari sabr qilishlariga to‘g‘ri keladi: Kike Setyen mavsum so‘ngiga qadar klubda qoladigan bo‘ldi


Kataloniyaning “Barselona” klubi prezidenti Xosep Bartomeu jamoa bosh murabbiy Kike Setyen bilan favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi, deya xabar beradi Diario Sport.

Rahbariyat La Liga chempionligi boy berilganiga qaramay, 61 yoshli mutaxassisni qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ma’lum qilgan.

Katalon klubi joriy mavsum so‘nggigacha Setyenni ishdan bo‘shatmoqchi emas, mutaxassis Chempionlar Ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan “Napoli”ga qarshi javob bahsida ham jamoani boshqaradi.

Vaziyat faqatgina Setyenning o‘zi ketishga qaror qilgan taqdirda o‘zgarishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” musobaqa (Ispaniya chempionati) yakunlanishiga 1 tur qolganida, chempionlikni qo‘lga kiritish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi.

“Barselona”ning 2019/20-yilgi mavsumdagi eng chiroyli gollarini tomosha qiling!

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-07-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют